DAVRA CUP 2025 – Strausbergda o‘zbek birligi, sport va do‘stlik ruhi namoyon bo‘ldi

Sport – bu faqat musobaqa emas, balki ko’ngillarni birlashtiruvchi, millatni bog‘lovchi, madaniyat va totuvlikni targ‘ib qiluvchi vositadir. Ana shu yuksak tamoyil asosida, 2025-yil 8-iyun kuni Germaniyaning Strausberg shahrida, “Davra” Olmon-O‘zbek madaniy va sport jamiyati tomonidan, O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Elchixonasi ko‘magida, Yevropadagi o‘zbeklar o‘rtasida navbatdagi yirik an’anaviy sport va madaniy tadbir – DAVRA CUP 2025 muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Ushbu tadbir Yevropaning turli mamlakat va shaharlarida yashayotgan o‘zbek vatandoshlarini bir joyga jamlab, ular o‘rtasida do‘stlik, birdamlik, sportga bo‘lgan mehr va ona Vatanga bo‘lgan sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Bosh homiymiz

Futbol maydonlarida haqiqiy jang ruhiyati

Turnir doirasida 24 ta jamoa 4 ta guruhga bo‘lingan holda guruh bosqichidan chorak final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi. Guruh bosqichlarining yakuniy natijalari quyidagicha bo‘ldi:

A Gruppa

O’JamoalarO’TTNB
1FC Real Uragan510:0+1015
2FC IWES53:2+110
3FC Phonex55:7-28
4FC Allianz55:9-44
5FC Turon53:7-44
6FC Papenburg54:10-63

B Gruppa

O’JamoalarO’TTNB
1FC Bolalar56:2+410
2FC Nihol United55:2+310
3FC Bamberg Mahalla54:3+18
4FC UzGebiet52:6-44
5FC Praga Turkiston53:305
6FC UzTeam Munich51:5-42

C Gruppa

O’JamoalarO’TTNB
1FC Nihol510:1+915
2FC Frankfurt57:4+310
3FC Berlin Zentrum54:409
4FC Dortmund54:6-24
5FC Ärztekammer53:8-54
6FC Hamburg54:11-71

D Gruppa

O’JamoalarO’TTNB
1FC München513:4+913
2FC Freiburg57:3+412
3FC UZB Halle57:4+310
4FC Agrar55:10-53
5FC Best Uzbek55:9-43
6FC MBA Triesdorf55:11-63

Chorak final bosqichida har bir o‘yin yuqori darajada, raqobatbardosh va halollik ruhida o‘tdi. Yarim finalga eng munosib to‘rt jamoa yo‘l oldi. Final o‘yinida esa Germaniyadan FC München va FC Real Uragan jamoalari o‘zaro kuch sinashdi:

Final bosqich

O’yinNatija
Viertelfinale: FC Real Uragan – FC Nihol United2 : 0
Viertelfinale: FC Nihol – FC Freiburg3 : 5 n. E.
Viertelfinale: FC IWES – FC Bolalar0 : 1
Viertelfinale: FC Frankfurt – FC München0 : 1
Halbfinale: FC Freiburg – FC Real Uragan0 : 1
Halbfinale: FC München – FC Bolalar3 : 2
Final: FC München – FC Real Uragan0 : 1

Yuqori saviyada o‘tgan va muxlislar qalbida unutilmas taassurot qoldirgan final uchrashuvida, FC Real Uragan jamoasi raqibini 1:0 hisobida mag‘lub etib, DAVRA CUP 2025 turnirining munosib g‘olibiga aylandi.

DAVRA CUP 2025

O’rinJamoa
1FC Real Uragan
2FC München
3FC Bolalar
4FC Freiburg

Homiymiz

Ayollar volleyboli – sport bayramining yangi sahifasi

Bu yilgi turnirda birinchi marotaba ayollar o‘rtasida volleybol musobaqasi ham tashkil etildi. To‘rt jamoa ishtirokida o‘tgan musobaqada qatnashchilar jonbozlik bilan kurash olib bordilar. Finalda g‘olib va sovrindor jamoalarga esdalik sovrinlari tantanali tarzda topshirildi.

Bolajonlar uchun quvonchli lahzalar

Tadbir doirasida eng kichik mehmonlar – bolajonlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Ular uchun maxsus tashkil etilgan interaktiv o‘yinlar, sport estafetalari va sovg‘ali musobaqalar ularning kunini yanada quvonchli qildi. Ota-onalar esa farzandlarining beg‘ubor quvonchiga guvoh bo‘lishdi.

Faxriy nominatsiyalar – sport axloqiga yuksak e’tibor

Turnir davomida sport axloqi va intizomi ham alohida qadrlanib, quyidagi sovrinlar topshirildi:

“Fair Play” sovrini – FC Real Uragan jamoasiga (turnir davomida birorta ham ogohlantirishsiz ishtirok etgani uchun)

Eng yaxshi darvozabon – Islomiddin Jumaboyev (FC Real Uragan)

Turnir to‘purari – Otabek Jumamuratov (FC München)

Eng yaxshi futbolchi – Dostonbek Nazaraliev (FC Real Uragan)

Homiylar va tashkilotchilarga chuqur minnatdorlik

Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida homiylarning hissasi beqiyos bo‘ldi. Biz, “Davra” jamiyati nomidan, quyidagi homiy va tashkiliy sheriklarga minnatdorlik bildiramiz:

  • Bosh homiy: IWES (Innovative Water and Environmental Solutions) – Abror Gafurov va Feruza Gafurovalar boshchiligida
  • ANOR HOTEL – Asliddin Ostanov
  • TEZPARCEL – kompaniya vakili Ikhtiyorjon Mamadaliev
  • SOFIMPEX CARGO – rahbar Mustafo Isaev
  • MACK KEY – rahbar Mahmud
  • DOST LOGISTICS – vakili Abdulaziz Mahammadzokirov

Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan hakamlar, shifokor, oshpaz, texnik guruh, volontyorlar, tartib nazoratchilari va barcha jonkuyar do‘stlarga ham chuqur minnatdorlik izhor etamiz.

Keljakka bir nazar

“DAVRA CUP 2025” nafaqat sport tadbiri, balki uslub, madaniyat va birlik bayrami bo‘ldi. Tadbir Yevropadagi o‘zbeklarning mustahkam jamiyat sifatida shakllanayotganini va birlashayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Biz barcha yurtdoshlarimizni keyingi tadbirlarimizda ishtirok etishga chorlaymiz. Keling, birlikda sport, madaniyat va Vatanga sadoqatni yuksaltirishda davom etaylik.

Berlin, 09.06.2025 ©Davra e.V.

Homiylarimiz