Sahifamizga xush kelibsiz
Davra o’zbek-olmon jamiyati O’zbekiston va Germaniya Federativ Respublikasi o’rtasida o’ziga xos ko’prik vazifasini bajarishni o’z oldiga maqsad qilib olgan
2026-yil 24-may, yakshanba kuni Myunxendagi ESV Sportfreunde München-Neuaubing e.V. sport majmuasi (Papinstraße 22) futbol va madaniyatning gavjum maskaniga aylandi. Ertalab soat 9:00 dan to kechgacha butun Germaniya va undan tashqaridan kelgan 28 ta a’lo darajada tayyorlangan jamoa shiddatli bellashuvlar olib bordi.
To’rt jamoa, bir to’r va cheksiz sport ishtiyoqi – DAVRA CUP 2026 ayollar voleybol turniri katta muvaffaqiyatga aylandi. Ulug’ Sohibqiron Amir Temurning 690 yillik tavallud yubileyiga bag’ishlangan tantanalar doirasida Myunxendagi ESV Sportfreunde München-Neuaubing e.V. sport maydoni (Papinstraße 22) quvvat, jamoaviy ruh va madaniy birdamlikka to’la maydonchaga aylandi.
Jamoamiz
Anvar Shermatov
Samarqand Davlat Chet Tillar Institutida Nemis va Fransuz Filologiyasi, Berlin Texnika Universitetida Yangi Tarix, Nemis tili chet tili sifatida va Nemis Filologiyasi fakultetlarini tugatgan. 2013 yildan buyon Davra o’zbek-olmon jamiyatida faoliyat olib boradi.
Dr. Iftikhor Shomurodov
Samarqand Davlat Chet Tillar Institutida Nemis va Ingliz Filologiyasi, Berlin Texnika Universitetida Yangi Tarix, Berlin Humboldt Universitetida Markaziy Osiyo fakultetlarini tugatgan. 2013 yildan buyon Davra o’zbek-olmon jamiyatida faoliyat olib boradi.
Hasan Rasulov
Samarqand Davlat Chet Tillar Institutida Nemis va Ingliz Filologiyasi fakultetlarini tugatgan. 2013 yildan buyon Davra o’zbek-olmon jamiyatida faoliyat olib boradi.
Gulshan Rasulova
Samarqand Davlat Universitetida Matematika, Berlin Texnika Universitetida tarbiya ilmi, Nemis tili chet tili sifatida va Nemis Filologiyasi fakultetlarini tugatgan. 2013 yildan buyon Davra o’zbek-olmon jamiyatida faoliyat olib boradi.
Mehriddin Shakarboyev
Samarqand Davlat Chet Tillar Institutida Nemis va Ingliz Filologiyasi fakultetlarini tugatgan. 2022 yildan buyon Davra o’zbek-olmon jamiyatida faoliyat olib boradi.
Davra do'stlari
Hamma Davra o’zbek-olmon Madaniy va Sport Jamiyati do’stlarini tadbirlarimizda ko’rishimizdan boshimiz osmonga yetadi. Tadbirlarimizga xush kelibsiz!
2026-yil 23-may, shanba kuni Myunxen shahridagi Kral Event (Heidemannstraße 1) zalida sport ishtiyoqi, madaniyat, milliy taom lazzati va musiqa shodiyonasi bir-biriga qoʻshilib, unutilmas bir oqshomga aylandi. DAVRA – Nemis-O’zbek Madaniyat va Sport Jamiyati DAVRA CUP 2026ning rasmiy ochilish kechasiga taklif etdi – va mezbonlarning kutganidan ham ortiq miqyosda ishtiroq ta’minlandi.
“Davra” Olmon-O‘zbek madaniy va sport jamiyati tomonidan, O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Elchixonasi ko‘magida, Yevropadagi o‘zbeklar o‘rtasida navbatdagi yirik an’anaviy sport va madaniy tadbir – DAVRA CUP 2025 muvaffaqiyatli tashkil etildi.
2024-yil 19-may kuni futbol maydoni madaniy xilma-xillik va sport mukammalligining qaynayotgan arenaga aylandi. Davra e.V. tomonidan Germaniyadagi O’zbekiston Respublikasi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan Davra Cup 2024 Germaniyaning turli burchaklaridan kelgan 20 dan ortiq jamoalar va ularning ishtiyoqli muxlislarini bir joyga topladi.
«Davra» o‘zbek-olmon jamiyati tarafidan 10 yildan beri muntazam tashkil qilinib kelinayotgan «Davra Cup – Yevropadagi O‘zbeklarning Sport va Futbol bayrami» O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi ko´magida joriy yilning 28-May kuni Berlin shahriga chegaradosh Strausberg shaharchasida bo’lib o’tdi.
„Davra“ o’zbek-olmon jamiyati tarafidan tashkil qilingan “Davra Cup 2022” – Yevropada yashayotgan O’zbeklarning futbol va sport bayrami joriy yilning 5-Iyun kuni O‘zʙekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi va O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt Main shahridagi bosh konsulligi ko’magida o’tkazildi.
“Davra Cup 2019 – Yevropadagi O’zbeklarning Futbol turniri” joriy yilning 9-Iyun’ kuni Chexiyaning poytaxti Praga shahrida “Davra” o‘zbek-olmon jamiyati O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt Mayn shahridagi bosh konsulligi ko’magida amalga oshirdi.
“Davra” o`zbek-olmon jamiyati O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt Mayn shahridagi bosh konsulligiko’magida “Davra Cup 2018 – Yevropadagi O’zbeklarning futbol va sport bayrami” 2018 yilning 12-may kuni Frankfurt Main shahrida oltinchi marotaba tashkil qilindi.
Davra o’zbek-olmon madaniya va Sport Jamiyati 2013 yil Berlin shahrida tashkil qilindi va Germaniya Federativ Respublikasi qonunlari bilan ro’yxatdan o’tkazildi. Jamiyatning asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o’rtasida madaniya, ilmiy va sport yo’nalishidagi aloqalarni yo’lga qo’yish.
Ish vaqtlarimiz
Dushanba - Juma: 17:30 - 20:30
(faqat telefon orqali)
Manzilimiz
Rubensstr. 23, 12159 Berlin
Telefon: +49 30 28 61 90 07 Email: info@davra-ev.de

