„Davra“ o’zbek-olmon jamiyati tarafidan tashkil qilingan “Davra Cup 2022” – Yevropada yashayotgan O’zbeklarning futbol va sport bayrami joriy yilning 5-Iyun kuni O‘zʙekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi Frankfurt Main shahridagi bosh konsulligi hamda «Humo» olmon-o‘zbek jamiyati hamkorligida Frankfurt Main shahrida o’tkazildi.

Tadbirning o’tkazilish tartibi, tashkiliy va boshqa har xil masalalar turnirdan bir kun oldin Anor Hotelda o’tkazilgan konferensiyada turnir jamoalarining sardorlari va ko’plab o’yinchilari ishtirokida gaplashib olindi. Konferensiya so’ngida turnir uchun Qur’a tashlandi. Qur’a tashlash tartibi bo’yicha oxirgi turnirning Final ishtirokchilari A va B Guruhga tashlandi va boshqa jamoalarning ham bir shahardan tashrif buyurgan jamoalari bir Guruhga tushmasligiga e’tibor qilindi. Qur’a tashlash so’ngida A va B Guruhlarda jamoalar quyidagi tartibda bir birlariga qarshi maydonga tushadigan bo’lishdi.

Guruh A
A1 – FC MBA Triesdorf
A2 – FC KarlsruheUz
A3 – FC Bamberg Mahalla
A4 – FC Augsburg
A5 – FC Frankfurt
A6 – FC UzTeam Munich
A7 – FC Dortmund

Guruh B
B1 – FC UZB Halle
B2 – FC Berlin Zentrum
B3 – FC Nihol
B4 – FC Hannover 22
B5 – FC Bolalar
B6 – FC HUMO
B7 – FC München

Turnir kuniga ob-havo ma’lumotlari bo’yicha kun bo’yi yomg’ir kutilgan bo’lsada, tadbirga 200 dan ziyod vatandoshlarimiz ishtirokchi sifatida turnirni tamosha qilish, vatandoshlar bilan ko’rishish, o’zaro muloqot va fikr almashish maqsadida tashrif buyurishdi. Zero bu futbol va sport bayramini tashkil qilishdan asosiy maqsadimiz ham shu, vatandoshlar bilan yilda bir ko’rishish, o’zaro muloqot, yangi tashrif buyurgan vatandoshlar bilan tanishish, fikr almashish, sport musobaqalari va bir gap bilan aytganda bir kunni O’zbeklar DAVRAsida o’tkazish.

Turnirda qatnashish uchun ro’yxatdan o’tgan Jamoalar orqasida shunchaki kelib bir qatnashib ketish istagida tashrif buyurgan Jamoa ko’zga tashlanmadi. Buni Frankfurt Shahar futbol hakamlari uyushmasidan turnirni o’tkazish uchun o’zining beshta hakami bilan tashrif buyurgan, uyushmaning hakamlar taqsimlash bo’limi boshlig’i Haci Hacioglu e’tirof etdi. Uning ta’kidlashicha, o’zining faoliyati davomida o’yinchilarning bunday yuqori intizom bilan futbol o’ynashini va sportga oid qo’pollik bilan raqibini yiqitganda tezda raqibidan uzr so’rashini shu vaqtgacha hech kuzatmagan. Vatandoshlarimizning bunday yuqori intizom va metin iroda bilan o’z xulqlarini boshqa millatli hakamlar, tamoshabinlar va qolaversa tamoshabin sifatida tashrif buyurgan vatandoshlarimizga namoyish etganliklari tahsinga sazovordir.

Shiddatli o’yinlar ostida o’tgan bellashuvlardan keyin Guruh bosqichidan yarim Final o’yinlarida oxirgi turnirning finalchilari FC München – FC Dortmund va FC UzTeam Munich – FC Bolalar Jamoalari bir biriga qarshi maydonga tushishdi. FC München – FC Dortmund o’yini 1-1 hisobda yakunlanib, penalty tepish yo’li bilan Final o’yiniga FC Dortmund jamoasi chiqdi. Ikkinchi yarim final o’yinida FC UzTeam Munich Jamoasi 1-0 hisobida g’alaba qozonib Final o’yinida o’ynaydigan bo’ldi. Final o’yini kutilganidek o’ta yuqori saviyada o’tdi. Jamoalar avvaldan o’ylab chiqilgan taktikalarga tayanlgan holda o’ynashdi, bu albatta ikkala Jamoa uchun ham juda o’yinda katta noqulayliklar tug’dirdi. O’yinning asosiy qismida hisob ochilmadi va g’olib jamoa penaltiy tepish yo’li bilan aniqlab olindi. Davra Cup 2022 futbol turnirining g’olibi FC Dortmund jamoasi.

Turnir so’ngida an’anaviy taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Turnirning eng zo’r darvozaboni deb FC Dortmund darvozaboni Jasur Norqulov topildi. FC Bolalar jamoasi hujumchisi Otabek Jumamuratov Davra Cup 2022 to’purariga aylandi. Turnirning eng zo’r o’yinchisi deb FC München hujumchisi Doston Nazaraliyev topildi. Turnir so’ngida O’zbekiston Umumjahon Yoshlar Assotsatsiyasining maxsus sovg’alari jamoa sardorlariga, hakamlarga, tashkiliy masalalarda aktiv ishtirok etganlarga va Davra Cupning eng yosh o’yinchilariga topshirildi.

Taqdirlash marosimidan so’ng barcha vatandoshlar o’zbekona dasturxonga taklif qilinib milliy taomimiz hisoblanmish “Qozon Palow” tortiq qilindi.

„Davra“ o’zbek-olmon jamiyati tadbirni yuqori saviyada o’tishida yaqindan yordam qilgan barchaga, xususan O‘zʙekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elcixonasi, O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi Frankfurt Main shahridagi bosh konsulligi hamda «Humo» olmon-o‘zbek jamiyatiga, qolaversa turnirning bosh homiysi TEZPARCEL Firmasiga, hamda turnir homiylari EXPRESS CARGO, SOFIMPEX CARGO, ANOR HOTEL Firmalariga o’zining chuqur minnatdorligini bildiradi. Barchangizni kelgusi tadbirlarimizda kutib qolamiz!

©„Davra“ o’zbek-olmon jamiyati

Homiylarimiz

Tadbirni amalga oshirishda yaqindan yordam bergan homiylarimiz