An’anaga aylanib ulgurgan “Davra Cup” – Yevvropadagi O’zbeklarning beshinchi Futbol bayrami 25-May 2017 Myunxen shahrida bo’lib o’tdi. Tadbir «Davra» nemis-o’zbek madaniy jamiyati tomonidan O’zbekistan Respublikasining Frankfurt Main shahridagi bosh konsulligi va O’zbekistan Respublikasining Berlin shahridagi elchixonasi ko’magida tashkil etildi.

Tadbirdan maqsadimiz Germaniyada yashab o’qiyotgan, ishlayotgan va tajriba orttirayotgan yurtdoshlarimizni bir yilda bir marotaba bir joyga to’plab ular o’rtasida do’stlik aloqalarini o’rnatish, fikr hamda tajriba almashishga imkoniyat yaratishdir. Bundan tashqari butun Yevropaga sochilib ketgan vatandoshlarga yilda bir marotaba bo’lsada bir birlari bilan uchrashib, kunni birgalikda o’tkazib, vatan muhitini his qilishdek in’omni tadbiq etishdan iborat. Bayramda futbol jamaoalaridan tashqari ularning muxlislari, oilalari hamda shunchaki tashrif buyurgan yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi.

Futbol bayrami albatta futbol o’yinlari bilan qiziq. An’anaviy “Davra kubogi”ga bu safar Germaniyaning turli shaharlaridan o’nta jamoa tashrif buyurishdi: Myunxendan FC München, FC Olympia, FC Bavaria, FC MBA und FC Triesdorf Triesdorfdan, FC Frankfurt sowie FC Frankfurt United, FC Dortmund, FC Uzbek United va FC Davra.

A Gruppada FC Frankfurt, FC Triesdorf, FC Olympia, FC Bavaria und FC Davra jamoalari yarim Final yo‘llanmasini qo’lga kiritish uchun kurashishdi. Gruppaning ikki kuchli jamoasi, FC Frankfurt va FC Triesdorf yakuniy marrani egallashdi.

B Gruppda esa yarim Final yo’llanmasi uchun FC München, FC MBA Triesdorf, FC Dortmund und FC Uzbek United jamalaro o’zaro bellashishdi. Yarim Final yo’llanmasini FC München va FC Dortmund jamoalari qo’lga kiritishdi.

FC Frankfurt va FC Dortmund jamoalari oÄrtasidagi yarim final uchrashuvi o’ziga xos shiddat bilan o’tdi. Ushbu o’yinda FC Frankfurt jamoasining ikki yetakchi o’yinchisi jaroxat olishdi, ammo jamoa penalti tepish orqali Final bosqichiga yo’llanma oldi.

FC München va FC Triesdorf jamoalari o’rtasidagi yarim final o’yini Myunxen jamoasini yaqqol ustunligi ostida o’tdi va 5-0 hisobida Myunxenliklarning g’alabasi bilan tugadi. 

Yig’ilganlar juda yuqori tayyorgarlik ko’rgan, taktik va texnik jihatdan kuchli tajribaga ega ikki jamoa ishtirokidagi yuqori saviyali final o’yinining guvoxi bo’lishdi. Bu ikkala jamoa o’yinchilarini yaxshi tanimagan inso futbolchilar professional klublarda o’ynasa kerak degan fikrga borishi aniq edi. O’yin 3-0 hisobi bilan Myunxenliklar g’alabasi bilan yakunlandi va Myunxen jamoasi “Davra kubogi”ni uchunchi marotaba qo’lga kiritdi.

An’anaviy ravishda har xil nominatsiyalar bo’yicha esdalik sovg’alari va sovrinlar topshirildi. Turnirning eng yaxshi darvozaboni deb FC Frankfurt jamoasi darvozaboni Nodir Hojiev topildi, turnir to’purari deb FC München hujumchisi Abror Shonazarov bo’lgan bo’lsa, turnirning eng yaxshi o’yinchisi deb FC München o’yinchisi Shohjahon Gaipov topildi.

Turnirda ikkinchi o’rinni egallagan va turnir g’oliblariga medal va sovrinlarni topshirish marosimida Davra jamiyati a’zolaridan tashqari O’zbekistan Respublikasining Frankfurt Main shahridagi bosh konsuli va O’zbekistan Respublikasining Berlin shahridagi elchixona mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida dasturxonga an’anaviy ravishda milliy taomimiz bo’lmish osh tortildi. Turnir jamoalari va bayram ishtirokchilari bir piyola choy ustida maroqli suhbatlar qilishib tarqalishdi.

Davra jamiyati tadbir qatnashchilariga, yaqindan yordam bergan Myunxen shahridagi yurtdoshlarga, O’zbekistan Respublikasining Frankfurt Main shahridagi bosh konsulligi va O’zbekistan Respublikasining Berlin shahridagi elchixonasiga o’z minnatdorchiligini izxor etadi va jamiyatning kelajakdagi tadbirlarida barchani kutib qoladi. Tadbirlarimizda ko’rishguncha qadrli yurtdoshlar!

©DAVRA Berlin, 28.05.2017

Homiylarimiz