An’anaviy „Davra Cup“ Germaniyadagi O‘zbeklarning to’rtinchi Futbol tuniri navbatdagi bosqichga ko’tarilib 2016 yildan boshlab Evropadagi O‘zbeklarning Futbol va Sport bayrami deb ataladigan bo’ldi. „Davra Cup“ Futbol va Sport bayramiga nafaqat Germaniyada yashayotgan o’zbek vatandosh va millatdoshlarimiz, balki Evropaning boshqa davlatlarida yashayotgan O’zbeklar ham qiziqish ko’rsata boshlashdi. Berlinda o’tkazilgan Futbol va Sport bayramiga Germaniyadan 10 jamoa, Chexiyadan bitt ava Evropaning har xil davlatlaridan tashrif buyurgan O’zbeklardan tashkil topgan bitta jamoa qatnashishdi.
A Guruh:
FC Rhein Main
FC Nihol
FC Bavaria
FC Praha
FC Dortmund
FC Botschaft Usbekistan
B Guruh:
FC München
FC TIIM
FC Frankfurt
FC Triesdorf
FC Davra
FC UZB United
Ob-havoning noqulay bo’lishi tadbir qatnashuvchilarining ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmadi, aksincha yoz yomg’iri turnir qatnashuvchilariga qulay keldi. Ko’tarinki o’tgan guruh o’yinlaridan yarim Finalga FC München, FC Nihol, FC Rhein Main va FC TIIM jamoalari chiqishdi. Kurashlarga boy yarim Final o’yinlarida FC München va FC Rhein Main jamoalari raqiblari ustidan g’alaba qozonib Final o’yinida bir biriga qarshi maydonga tushishdi. O’ta yuqori saviyada o’tgan Final uchrashuvida FC München jamoasining qo’li baland kelib Davra Cup 2016 g’olibiga aylandi. An’anaga ko’ra Final uchrashuvidan so’ng taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Turnirning eng yaxshi darvozaboni deb FC TIIM jamoasi darvozaboni Dilshod Dadboev topildi. Turnir to’purari FC München jamoasi hujumchisi Abror Shonazarov bo’lgan bo’lsa Davra Cup 2016ning eng yaxshi o’yinchisi deb FC München yarim himoyachisi Muhtor Eshmatov topildi. Davra o’zbek-olmon madaniy jamiyati va O’zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi favqulotda va muxtor elchisi, elchixona mas’ullari, O’zbekiston Respublikasining Frankfurt Main shahridagi bosh konsuli ishtirokida sovrinlar o’z egalariga topshirildi. Shundan so’ng tadbir qatnashchilari o’zbekona dasturxonga taklif eitilib milliy taomimiz hisoblanmish “Qozon Palov” tortiq qilindi. Davra o’zbek-olmon madaniy jamiyati barchani navbatdagi tadbirlarda kutib qoladi!
©Davra o’zbek-olmon jamiyati

























































































