2013 yilda Germaniyada yashayotgan O’zbeklarning birinchi Futbol turniri tashkil qilingan edi. O’zbek vatandoshlarining xoxish va istaklarini inobatga olib ushbu tadbir har yili tashkil qilinishiga qaror qilindi. Navbatdagi “Davra Cup” turniri 2014 yilning 31-May kuni Frankfurt Main shahrida o’tkazildi. Tashkilotchilar uchun butunlay yangi Shahar, yangi muhit va yangi sharoitlar. O’zbek vatandoshlarining oyoqqa turib kelayotgan ushbu tadbirini qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston Havo Yollari Aviakompaniyasi turnir o’tkazilishi kerak bo’lgan stadion to’lovlarini o’z zimmasiga olib tashkilotchilar uchun katta yengilliklar yaratib berdi. Bundan tashqari tadbir ishtirokchilarining bayram dasturxoniga o’zbek milliy taomi hisoblanmish “Qozon-Palov” O’zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi tarafidan tayyorlandi.

“Davra Cup” turniriga bu yil 10 ta Jamoa qatnashish istagini bildirib, bu jamoalar ikki Guruhda yarim Final va Final bosqichlariga chiqish uchun kurash olib borishdi. Guruh o’yinlaridan keyin yarim Final bosqichida FC München FC Ruhr jamoasiga qarshi va FC Frankfurt jamoasi FC RheinMain jamoasiga qarshi maydonga tushishidi. Yarim Finalda g’olib bo’lgan FC München va FC RheinMain jamoalari Finalda bir birlariga qarshi maydonga tushib FC RheinMain jamoasining qo’li baland keldi.

Turnirda g’olib jamoadan tashqari “eng mohir o’yinchi”, “eng zo’r o’yinchi”, “turnir to’purari” va “eng zo’r darvozabon” nominatsiyari bo’yicha ham o’yinchilar aniqlanib olinib ularga esdalik sovg’alari topshirildi. “Davra” o’zbek-olmon jamiyati barcha o’zbek vatandoshlarni navbatdagi tadbirlarda kutib qoladi!
©Davra e.V.

Homiylarimiz