2017 yilning 19-mart kuni Berlin shahrida „Davra“ olmon-o’zbek jamiyati O’zbekiston Respublikasining Berlin shahrida joylashgan elchixonasi, hamda „Nihol“ madaniy-ilmiy jamiyati hamkorliklarida Olmoniyada istiqomat qiluvchi vatandoshlar uchun Navro’z bayramini keng nishonladi.

Tadbir mehmonlari sifatida Olmoniyada faoliyat olib boruvchi O’zbekistonlik turli soha vakillari, ularning oilalari va farzandlari, talaba yigit va qizlar ishtirok etishdi. Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad, milliy qadriyatlarimizdan biri hisoblanmish bahor ayyomi- Navro’z tantanalarini jonajon O’zbekistonimizdan uzoqda bo’lsada, vatandoshlar bilan birgalikda nishonlash, ularga bayram shukuhini yaratib berish, qolaversa o’zbek oilala-rining voyaga yetayotgan farzandlarining milliy qadriyatlarimizga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’ularini unutmasliklari, sharoitlarini yaratib berishdan iboratdir.

Tadbirda so’zga chiqqanlar Navro’z an’analarining ona vatanimiz ijtimoiy hayotida tut-gan o’rni, ajdodlarimiz ushbu bayramni uzoq o’tmishdan buyon yangilanish, yosharish kuni sifatida nishonlab kelganliklari, bu bayram orqali go’zal milliy qadriyatlarimizni yod-ga olish va unutmasligimiz lozimligini ta’kidlab o’tishdi.

Shu boisdan Olmoniyada yurtdoshlarimizning bir tanu- bir jon bo’lib, Berlin shahrida o’zbekona Navro’z bayramini nishonlashlari ham milliy qadriyatlarimizga bo’lgan katta hurmat va e‘tibor namunasidan iborat desak aslo adashmaymiz.

Tadbirning badiiy qismini Nihol davlat mukofoti sovrindori Adham Soliyev boshchiligidagi bir guruh san’at ustalari o’zlarining jozibador kuy-qo’shiqlari va raqslari bilan tadbir ishtirokchilariga o’zgacha kayfiyat va bayram shukuhi taqdim qildilar.

Vatanimizning Berlindagi elchixonasining xodimlari ham Navro’z tadbirlarini tashkil-lashtirish va tashviqot ishlarini olib borishda, tadbir tashkilotchilariga yaqindan yordamla-rini ayamadilar. Ayniqsa tadbir ishtirokchilari uchun milliy taomlar bilan bezatilgan bay-ramona dasturxon tayyorlanishida elchixona xodimlarining jonbozliklari barcha ishtirok-chilar uchun manzur bo’ldi.

Bolajonlar uchun alohida tayyorlangan bayram tadbirlari, sher-qo’shiqlari bilan qat-nashishlariga e’tibor qaratilishi, tadbir so’ngida sovg’a-salomlar ulashilgani, bolajonlarn-ing xursandchiligni yanada oshirdi.

„Davra“ olmon- o’zbek madaniy jamiyati tadbir ishtirokchilariga, tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam berganlarning barchalariga o’z minnatdorchiligini bildiradi, hamda vatandoshlarimizni keyingi tadbirlarimizda albatta kutib qoladi!

Aziz vatandoshlar, barchangizga Navro’zi olam – muborak bo’lsin!

©„Davra“ olmon- o’zbek jamiyati

Unser Hauptsponsor

Kontaktieren Sie uns und schalten Sie Ihre Werbung in dieser Fläche