22- iyun kuni Berlinda tashkil qilingan Germaniyadagi O’zbeklarning „Picknick“ tadbirining bevosita davomi sifatida 23-Iyun kuni Germaniya poytaxtida „Davra“ olmon-o’zbek jamiyati tarafidan tashkillashtirilgan „Davra Cup – Germaniyadagi O’zbeklarning birinchi Futbol turniri“ bo’lin o’tdi. Ta’kidlash joyizki, ushbu tadbir tarixiy hisoblanib, shu vaqtgacha Evropada yashayotgan o’zbeklar Sportga yo’naltirilgan tadbirlar doirasida bir oraga kelmaganlar.
Tunir birinchi marotaba tashkil etilayotganligini hisobga olib tadbir tashkilotchilari ko’psonli qatnashuvchilarni kutishmagan bo’lishsada, Germaniyaning turli burchaklaridan O’zbeklar o’z jamoalari bilan tashrif buyurdilar. Turnir doirasida 6 Jamoa bir birlariga qarshi maydonga tushib birinchi „Davra Cup“ uchun kurash olib bordilar. Qiziqarli kechgan o’yinlarda turnirning eng zo’r ikki jamoasi Final o’yinida bir birlariga qarshi kuch sinashishdi. Shiddatli kurashlar ostida o’zgan o’yinda FC München Jamoasi g’olib bo’lib tarixiy turnirning birinchi g’olibi bo’ldi.
Turnirda eng yaxshi o’yinchi, turnir to’purari, eng yaxshi darvozabon nominatsiyalari bo’yicha ham g’oliblar aniqlanib taqdirlandilar. Tadbir so’ngida ishtirokchilar bilan davra suhbati bo’lib o’tdi va bir ovozdan ushbu tadbirni har yili muntazam o’tkazib borishga kelishib olindi. Davra o’zbek-olmon jamiyati barchani navbatdagi tadbirlarda kutib qoladi!
©Davra o’zbek-olmon jamiyati